4

Bitiruvchilarning bandligini ta’minlash – ustuvor maqsad

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Talabalar amaliyotini tashkil etish va bitiruvchi talabalarni kadrlarning asosiy iste’molchilari bo‘lgan korxona va tashkilotlardagi mavjud ish o‘rinlari bilan tanishtirish maqsadida  Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi bosqich hamda magistratura talabalari uchun uchrashuv tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti vakili Ibrohim Usmonov, “Arab tili va adabiyoti Al-Azhar” kafedrasi mudiri Roziya Matibayeva va kafedra professor-o‘qituvchilari, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi Gulyuz To‘rayeva, bo‘lim bosh mutaxassisi Sirojiddin Salaxov, tyutor Nigina Ruzimova hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. O‘zlari uchun foydali ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish