14

Talabalar turar joyidagi dilkash gurunglar

“Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari Talabalar turar joyidagi davra suhbati bilan davom etdi.

Davra suhbatida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Qutlibeka Rahimboyeva, Akademiya prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Samimiy suhbat davomida shoira Qutlibeka Rahimboyeva ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun Akademiya jamoasiga minnatdorlik bildirdi.

Akademiya prorektori Ilyos Mirziyotov oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba-yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning moddiy farovonlik darajasini oshirish, insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat tadbirlarini izchil davom ettirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. 

Akademiya infratuzilmasida imkoniyatlari cheklangan (nogiron) talabalar uchun, ularning toifalariga (koʻzi ojiz, tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan va boshqalar) muvofiq sharoitlar yaratilgan.

Koʻzi ojiz talabalarning har biriga yetaklovchi biriktirilgan. Akademiya tomonidan nogironligi boʻlgan talabalar birinchi navbatda yotoqxona bilan taʼminlangan boʻlib, harakatlanishga oson boʻlishi uchun pastki qavatga joylashtirilgan. Koʻzi ojiz talabalar uchun brayl alifbosidagi va ovozli yozuv shaklidagi adabiyotlar bilan taʼminlandi.

Xalqimiz suygan shoira bu kabi uchrashuvlar yoshlar hayotida unutilmas bo‘lib qolishi, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetishlariga xizmat qilishini ta’kidladi. 

Izoh qoldirish