5

Jadid ma’rifatparvarlari – millat oydinlari

Ma’lumki, jadidchilik harakati XIX asr oxiri XX asr boshida yurtimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan harakat hisoblanadi. 

Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadi Turkistonni o‘rta asrlar qoloqligi va diniy xurofotdan ozod qilish, xalqni ma’rifatli qilish, ozod va farovon jamiyat qurishdan iborat edi. 

Keyingi yillarda davlatimiz rahbari boshchiliklarida jadid ma’rifatparvarlarining ijodi va hayotini o‘rganish yangi bosqichga ko‘tarildi. 

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Talabalar teatr studiyasi” tomonidan taqdim etilayotgan “Jadidlar armoni” nomli spektakl namoyishi ham ana shu maqsadda bo‘lib o‘tdi.

Spektakl jadidchilik tarixi haqida so‘zlab, jadidchilikka asos solinishi tarixi, uning namoyandalari taqdiri, jadidlarning yurtimiz tarixida qoldirgan izi haqida haqida hikoya qiladi. 

Spektakldan so‘ng Akademiya rektori Muzaffar Komilov hamda mehmonlar jadidchilik harakati, ularning hurriyatga yo‘g‘rilgan g‘oya va maqsadlari haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Jadidlar g‘oyat murakkab va qiyin sharoitda bilim va ma’rifat tarqatish, ta’lim-tarbiya sohasini tubdan isloh etish orqali milliy taraqqiyotga erishish g‘oyasi bilan maydonga chiqqan o‘z zamonasining ilg‘or namoyandalari ekani e’tirof etildi.

Ularning ilmiy-ma’rifiy, g‘oyaviy merosini o‘rganish, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan millatini sevadigan inson sifatida voyaga yetish har birimiz uchun sharafli ish ekanini ta’kidlandi. Spektakl tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Izoh qoldirish