Akademiyada talaba-qizlar o‘rtasida “Eng yaxshi dasturchi” musobaqasi o‘tkazildi
Yurtimizda aholining kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziqqan yigit-qizlarni malakali mutaxassis darajasiga olib chiqish borasida keng ko‘lamli ishlar qilinmoqda. Yoshlar, ayniqsa, qizlarning mazkur sohaga qizishishini yanada oshirish maqsadida “1 million dasturchi” loyihasiga start berildi. Bu esa qizlar orasida raqamli texnologiyalar sohasiga qiziqishning ortishiga xizmat qilmoqda.
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-qizlar o‘rtasida “Eng yaxshi dasturchi” loyihasi doirasida musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqani Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, Xotin-qizlar bo‘limi uslubchisi, Akademiya xotin-qizlar kengashi raisi Nilufar Alibayeva so‘zga chiqib, jamoalarga omad tiladilar.
Akademiya xotin-qizlar maslahat kengashi, Yoshlar ittifoqi Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti hamda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada 6 ta jamoa 3 ta shart bo‘yicha g‘oliblik uchun bellashdi.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish