Talabalar uchun inson huquqlariga bag‘ishlangan dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Soʻnggi yillarda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda.
Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi inson huquqlari boʻyicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 6 ta asosiy shartnomasi va 4 ta fakultativ protokoliga qoʻshilgan boʻlib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi va shartnomaviy qoʻmitalariga muntazam ravishda milliy maʼruzalarni taqdim etib kelishmoqda.
Bundan tashqari, milliy qonunchilikni inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy standartlar bilan uygʻunlashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Xalqaro inson huquqlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida turli guruhlarda talabalar oʻrtasida Inson huquqlari umummilliy darslari tashkil etildi.
Darslarda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qabul qilinish tarixi, mazmun-mohiyati, unda mustahkamlab qoʻyilgan shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy huquqlarning ifodasi bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi. Inson va uning uzviy, ajralmas huquqlarini himoya qilish muhim ekanligi eʼtirof etildi.
Inson huquqlari kuniga bagʻishlangan mashgʻulotlar “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi oʻqituvchilari tomonidan tashkil etildi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish