Diplomatik muloqot madaniyati va etiketi: ShHT mamlakatlari misolida
Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkilot hisoblanadi. 2001-yil 15-iyunda Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat – Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan.
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Diplomatik muloqot madaniyati va etiketi: ShHT mamlakatlari misolida” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Oʻzbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, markaz vakillari, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.
Amaliy seminarni rektor Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, Akademiya hamda Oʻzbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada rivojlanib borayotgani, hamkorlikdagi tadbirlar va loyihalarda Akademiya professor-o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etayotganini e’tirof etdi. Samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘z navbatida Markaz direktori Qobiljon Sobirov ShHTning tashkil etilishi tarixi, uning maqsad-vazifalari, O‘zbekistonning tashkilot rivojidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi. Shu bilan birga, Akademiya jamoasini hassos soha boʻlgan muqaddas islom dinini ilmiy nuqtayi nazardan fundamental tadqiq etib, ulugʻ allomalarimiz maʼnaviy merosini qayta kashf etish orqali dunyo sivilizatsiyasiga munosib hissa qoʻshadigan yuksak salohiyatli, raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlashda o‘rni nihoyatda katta ekanini alohida qayd etdi.
Shuningdek, O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi Axborot-tahlil bo'limi boshlig'i, direktor o‘rinbosari Zafar Abduraxmanov hamda “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Musulmon Xurramov tomonidan diplomatiya davlatlar oʻrtasida tinchlik, doʻstlik, oʻzaro hamkorlik aloqalarga xizmat qilishi haqida ma‘ruzalar qilindi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan ShHT hozirgi kunda dunyo aholisining deyarli yarmini birlashtirgan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli maydonchasi ekani qayd etildi.
Diplomatik muloqot haqida ham tushuncha berildi. Davlatlararo munosabatlarning odob-axloq qoidalari tizimi boʻlib, ular xalqaro xushmuomalalik tamoyiliga asoslanadi. Ushbu qoidalarni buzish davlat obro'si va obro'siga putur yetkazishi mumkinligi ta’kidlandi.
Amaliy seminar yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish