Madhiya – Vatanga muhabbat va sadoqat ramzi
O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi mamlakatimiz suverenitetining ramzlaridan biridir. 1992-yil 10-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan. Qonunda madhiyamizga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Jamoatchilik kengashi raisi Iqbol Mirzo, Oʻzbekiston Kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi oʻrinbosari Habibullo Rahimov, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Farog‘at Xudoyqulova, Akademiya prorektorlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, yig‘ilganlar tomonidan jo‘r ovozlikda kuylandi.
Davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.
Akademiya rektori o‘z nutqida davlat ramzlari ham vatanparvarlik fazilatini shakllantiruvchi, shu aziz yurtimizni jon-u dildan sevishga undovchi muhim vosita ekanini e’tirof etdi.
Mazkur tadbirning maqsadi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirish, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida madhiyamiz muhim tarbiyaviy vosita ekanini targ‘ib etishdan iborat.
So‘zga chiqqanlar tomonidan davlat ramzlariga hurmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining qabul qilinishiga oid ma’lumotlar berildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish