36

Davlat madhiyasi – Vatanga muhabbat va sadoqat ramzi

Mustaqilligimiz ramzi bo‘lgan Davlat madhiyamiz har bir yurtdoshimizning qalbida g‘urur va iftixor uyg‘otadi. Ushbu madhiyani kuylash orqali biz Vatanimizga bo‘lgan cheksiz muhabbatimizni, uning yorqin kelajagi yo‘lida birlashishimizni ifoda etamiz.

1992-yil 10-dekabr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.

Bugun yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganining 32 yilligi keng miqyosda nishonlanmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham o‘quv darslari avvalida Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangradi. Professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ehtirom bilan davlat madhiyasini ijro etdilar.

Davlat madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirish, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Izoh qoldirish