Akademiya professori “Maʼrifat karvoni” tadbirlarida ishtirok etmoqda
Xabaringiz bor, joriy yilning 2-15-dekabr kunlari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Tamaddun, madaniyat va maʼrifat” mavzusida “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy va madaniy targʻibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
“Maʼrifat karvoni”da hududlardagi olimlar, ziyolilar, sanʼat va madaniyat namoyondalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼullar, mahalla faollari hamda ilgʻor yoshlarning bu boradagi bilim va koʻnikmalarini oshirish, mamlakatimizning milliy-mafkura yoʻnalishidagi islohotlari, jamiyatni, ayniqsa, yoshlarni buzgʻunchi gʻoyalardan himoya qilishda ziyolilarni faollikka undash, ular uchun muloqot platformasini yaratishdan iborat. Aynan ziyolilarni mazkur ishga keng jalb qilish orqali, xalqimiz orasida oʻzlikni anglash va tarixiy ildizimizga oid bilimlarni oshirish maqsad qilingan.
Targ‘ibot tadbirlari Surxondaryo viloyati Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Yangi O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari” mavzusidagi ziyolilar forumi bilan davom etdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, tarix fanlari doktori Ilhom Bekmirzayev ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Forumda Akademiya professori yangi Oʼzbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi taraqqiyot yoʼli, yangi yuksalish davrida erishilayotgan yutuqlar va diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar hamda bunyodkorlik ishlarining mazmun-mohiyati xususida ma’ruza qildi.
Tadbir davomida respublikamizning ko‘zga ko‘ringan ilmiy tadqiqot markazlari olimlari tomonidan mavzuga oid fikr-mulohazalar bildirildi. Sohadagi yutuqlar aks etgan videoroliklar barchada katta taassurot qoldirdi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish