Maktab o‘quvchilariga Akademiya talabalar teatr studiyasi tomonidan spektakl namoyish etildi
Milestone International Schoolda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar teatr studiyasi jamoasi tomonidan dramaturg Nasrullo Qobilning “Toʻda” asari asosida sahnalashtirilgan “Adashganlar” spektakli namoyish etildi.
Asar maktab va kollej oʻquvchilarining notinch va noqobil oila muhiti tufayli ayrim toʻdalarga qoʻshilib asr vabosi boʻlgan giyohvandlikka ruju qoʻyishgani, giyohvandlik balosi esa oxir-oqibatda fojiali yakun topishi haqida hikoya qiladi.
Spektakl yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan har bir rol o‘quvchilarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Spektakldan so‘ng maktab rahbariyati tomonidan Akademiya talabalar teatr studiyasiga tashakkurnoma topshirilib, o‘zaro hamkorlik uchun minnatdorlik bildirildi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish