18

Bodlean kutubxonasi vakili Nikolas Kontovas: “Oʻzbekistonga oid nodir qoʻlyozmalar insoniyatning bebaho xazinasi”

Shundan soʻng Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari dunyoning eng qadimiy kutubxonalaridan biri boʻlgan Oksforddagi Bodlean kutubxonasiga tashrif buyurishdi va u yerda Oʻzbekistonga oid nodir qoʻlyozmalar bilan tanishishdi.

– Oʻzbekiston buyuk allomalar, shoir va mutafakkirlar yurti, – deydi Bodlean kutubxonasi Sharq qoʻlyozmalari boʻlimi kuratori Nikolas Kontovas. – Jumladan, Hazrat Alisher Navoiyning ul zot hayotligi davrida koʻchirilgan qoʻlyozmalari kutubxonamiz fondining nodir javohirlaridan sanaladi. Bunday bebaho asarlarni bemalol butun insoniyatning bebaho xazinasi deyish mumkin.

Kutubxonada oʻzbekistonlik olimlar Oʻzbekiston madaniy merosiga oid oʻndan ortiq qoʻlyozmalar bilan tanishdilar. Ayniqsa, Alisher Navoiyning shaxsiy dastxati boʻlgan “Xamsa” qoʻlyozmasi katta tassurot qoldirdi. Mirzo Ulugʻbekning “Ziji Koʻragoniy” asari ham oʻziga xos tarixga ega. Uni salkam uch asr ilgari oksfordlik olim Jon Geyvs sotib olgan va kitob hoshiyasida zarhal qaydlar kiritgan. Kitob sahifalarida usmonli turk tilidagi bitiklar ham uchraydi.

Oʻzbekiston ilmiy delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga tashrifi davom etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish