2

Taʼlim va ilmiy rivojlanish yoʻlidagi yangi davr

Bugunning gapi

2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 32 yil toʻladi. Konstitutsiya huquqiy davlat qurishdagi asosiy hujjat boʻlib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatning barqaror rivojlanishini taʼminlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu davrda mamlakatimizda muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Uning yangi tahriri mazmunan va shaklan takomillashgan boʻlib, jamiyatimizning barcha jabhasini, jumladan, oliy taʼlim, fan va yoshlar bilan bogʻliq masalalarni qamrab oldi.

Konstitutsiyada davlatning taʼlim va ilm-fan rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan masʼuliyati, yoshlarning ijodiy va intellektual rivojlanishiga qaratilgan huquqiy va ijtimoiy majburiyatlar aniq belgilab qoʻyilgan. Bu esa mamlakatimizningkelajakdagi taraqqiyoti uchun muhim qadam boʻlib, oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi islohotlarning mustahkam huquqiy asosini yaratdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida taʼlimga alohida eʼtibor qaratilib, oliy taʼlim muassasalari faoliyatining huquqiy asoslari belgilangan. Jumladan, 51-moddada fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqli ekani qayd etilgan.

Qoʻngʻirotboy SHARIPOV,

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

Manba: “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi 2024-yil 3-dekabr, 245-son

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish