
Tilni asrash millatni asrashdir
Ozodlik falsafasi
Yurt deganda ko‘z oldingizga nimalar keladi? Yaratgan bizga xalq o‘laroq yashashimiz uchun ato etgan tabarruk tuproq, tog‘-u toshlar, dasht-u dalalar, daryo-yu ko‘llar, cho‘llar-u o‘rmonlardan iborat makon, yana bizni qurshab katta qilgan ota-ona, qavm-qarindosh, do‘st-u yor, mahalladoshlar, to‘y-ma’raka, urf-odat, an’ana va qadriyatlarimiz kelmaydimi? Axir yurt – shular bilan yurt-ku! Ammo bu omillar bilangina yurt haqidagi tasavvur to‘kis bo‘lmaydi. U kemtik bo‘lmasligi uchun yana bir muhim vosita kerak – bu, ona tilimizdir.
Til nafaqat aloqa vositasi, balki millat tafakkuri, madaniyati va xotirasini tashuvchi eng muhim unsurdir. Tilsiz millat bo‘lmaganidek, tilsiz davlat ham bo‘lmaydi. Shu ma’noda, davlat tili – suverenitet ramzi, milliy birlik va siyosiy barqarorlikning ma’naviy kafolati, davlatning mavjud bo‘lish shartlaridan eng muhimidir. Davlat tilining falsafiy mohiyati shundaki, u millatning ruhiy tafakkurini siyosiy va huquqiy makonga aylantiradi. Ya’ni xalq ruhiyati davlat ramzlarida, huquqiy hujjatlarda va siyosiy muomalada aynan milliy til vositasida o‘z ifodasini topadi. Shu sababli, til faqat grammatik yo leksik tuzilma emas, balki millatning ong, tarix va qadriyatlar tizimi hamdir.
Til va davlatchilik o‘rtasidagi bog‘liqlik nafaqat madaniy, balki siyosiy, iqtisodiy va hatto xavfsizlik jihatidan ham muhim. Bir millatning tili zaiflashsa, uning siyosiy irodasi ham zaiflashadi. Ona tili va milliylikni unutganlar millat sifatida tarixga aylanadi, hatto erki o‘z qo‘lida bo‘lsa ham. Mustamlaka zamonida ona tilini, e’tiqodi va qadriyatini yo‘qotmagan millat esa, kul ostidan bosh ko‘targan Qaqnus kabi o‘z erkini qayta topishiga shubha yo‘q. Bu so‘zga tarixdan ko‘plab misollar keltirish mumkin.
Abdulhamid Muxtorov,
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi,
“Ziyo” media markazi direktori
Manba: “Jadid” gazetasi 2025-yil 17-oktabr, 42-son

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish