Akademiya vakillari mehnat va ta’lim yarmarkasida ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida yoshlar o‘rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish, sohada xizmatlar eksportini oshirish hamda ushbu maqsadlarga erishish uchun IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash va maktab o‘quvchilarini xalqaro IT bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarga o‘rgatish vazifalari belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi OTMlari talabalari, umumta’lim maktablari bitiruvchilari hamda IT sohasiga qiziquvchi barcha yoshlar uchun “Mehnat va ta’lim yarmarkasi” o‘tkazildi.
Ushbu yarmarkada mahalliy va xalqaro IT kompaniyalar, ta’lim muassasalari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan bir qatorda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Gulyuz Turayeva hamda tyutor Sirojiddin Salahov ham ishtirok etdi.
Tadbirda IT ta’lim va mehnat bozorida mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Yarmarka doirasida IT sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ishtirokida taqdimotlar tashkil etilib, yoshlarga axborot texnologiyalari mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish, dasturlash sohasiga oid muhim mavzularda maslahat va tavsiyalar berib o‘tildi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish