Internetda ekstremizm gʻoyalar targʻibotidan ehtiyot boʻling
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti hamkorligida “Internetda ekstremizm gʻoyalar targʻibotidan ehtiyot boʻling” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo'lim boshlig‘i Shukrullo Jo‘rayev, fakultet dekan o‘rinbosari Otabek Rasulov, tyutorlar S.Qosimov, A.Jalilov hamda “Turizm” va “Axborot xavfsizligini boshqarish” ta’lim yoʻnalishi 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar mazkur tadbir yoshlarni radikalizm, terrorizm, ekstremizm, soxta daʼvolar, gʻarazli daʼvatlar, axborot xurujlari, mafkuraviy tazyiqlar, ommaviy madaniyat taʼsiridan himoyalash maqsadida tashkil etilayotganini qayd etdilar.
Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmay, balki xalqaro maydondagi muammolarni, jumladan, turli e’tiqod vakillari bo‘lgan xalqlar orasidagi o‘zaro ishonchga soya solayotgani ta’kidlandi.
Ayni paytda dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik gʻoyalarning tarqalishiga sabab boʻlayotgani qayd etildi. Bu borada yoshlarga to‘g‘ri tushuncha berish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish kerakligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish