10

Akademiyada “Islom tarixi bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi

Ilm-ma’rifatli millat hamisha taraqqiyot sari intiladi. O‘zining tarixini, ajdodlari, ota-bobolari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladi. Yoshlarning ilmga tashnaligi esa mamlakat rivojining kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlarning nazariy olgan bilimlarini amaliy jarayonlarda mustahkamlash uchun turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Bugun“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Islom tarixi bilimdoni” tanlovi ham o‘ziga xos tarzda, ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqani tashkil etishdan asosiy koʻzlangan maqsad bugungi kunda ayrim mutaassib shaxslar, radikal toifalar tomonidan islom tarixidagi ayrim voqeliklar notoʻgʻri talqin etilib, odamlarni chalgʻitayotganlarga munosib javob berish, ayni vaqtda bu tushunchalar talabalar tomonidan ilmiy-akademik taʼlim shaklida, ishonchli manbalar asosida oʻrganishlari, Din ishlari qoʻmitasi dinshunoslik ekspertizasidan oʻtgan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etildi.

Tanlovda 27 ta jamoa g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi. 

Tanlov yakuniga ko‘ra, “Ziyo” jamoasi 1-o‘rinni, “Turon” jamoasi 2-o‘rinni, “Huquqshunoslar” jamoasi 3-o‘rinni egallashdi.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Izoh qoldirish