Xalqaro darajadagi sayyor dars
19-noyabrdan Mumtoz sharq filologiya fakulteti “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasida “QS World University Rankings 2025” reytingida 321-o‘rindagi L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti “Din psixologiyasi” magistratura mutaxassisligi 2-kurs talabalari xalqaro stajirovka o‘tamoqda.
Akademiya 2-kurs “Psixologiya (din psixologiyasi)” hamda Akademiyada mehmon bo‘lib turgan L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti (Qozog‘iston) 2-kurs “Din psixologiyasi” mutaxassislik magistratura talabalarini Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazida "Din psixologiyasi va pedagogika" kafedrasi dotsentlari Azamat Feruza Rasulova “Sotsial psixologik reabilitatsiya” va “Ochiq axborot tizimlarida psixologik xavfsizlik” fanlaridan sayyor darsda ishtirok etdilar.
Markazning yetakchi mutaxassisi Nazokat Babayeva talabalarga markaz hayoti va faoliyat yo‘nalishlari xaqida keng ma’lumot berib, bolalarga psixologik, pedagogik, ijtimoiy, huquqiy jihatdan yordam ko‘rsatish hamda inklyuziv ta’limni tashkil etish borasida so‘z yuritdi. Talabalar yordamga muhtoj bolalarga yaratilgan sharoitlar, artterapiya, igloterapiya, Mantisoro, refleksiya, LFK, basseyin, massaj, sensor va psixologik konsultatsiya xonalari bilan tanishdilar.
Sayyor dars talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish