2

Akademiya vakillari xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida qatnashmoqda

Shu kunlarda poytaxtimizda Allterra Education xalqaro ta’lim agentligi tomonidan “Toshkent IV xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi” o‘tkazilmoqda. 

Unda 12 davlatdan 25 dan ziyod ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda. 

Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi xodimlari ham qatnashmoqda.

Akademiya vakillari ko‘rgazmada hamkor tashkilotlar bilan uchrashib, ta’lim muassasalarida talabalar amaliyoti tizimi qanday yo‘lga qo‘yilgani, bu boradagi xalqaro tajribalar xususida muloqotlar o‘tkazdi. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish