Tarixiy asarlar – islom tarixi manbalari sifatida
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsent v.b. Saidahmadxon G‘aybullayev “Islomshunoslik” yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun “Tarixiy asarlar – islom tarixi manbalari sifatida” mavzusida binar darsi o‘tkazildi.
“Islom manbashunosligi” fanidan o‘tkazilgan mashg‘ulotda O’zbekiston Milliy Arxivi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nasriddin Mirzayev ma’ruza qildi.
Dars mashg‘ulotini Akademiya o‘qituvchisi mavzuga kirish bilan boshlab berdi va tarixiy manbalarning islom manbashunosligidagi o‘rni, ularning qamrovi, mavzularni berish tartibi, o‘ziga xos xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
So‘ngra mehmon ma’ruzachi Nasriddin Mirzayev tarixiy manbalarning muhim qismi hisoblangan arxiv hujjatlari va tarixiy hujjatlarga haqida olib bordi.
Ma’ruza davomida “Arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarning mavzular hamda davriy jihatdan tasnifi va ularning til xususiyatlari” haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi qozilik hujjatlari fondlari, ularda saqlanadigan Qozilik kitoblarining turlari, jumladan, Toshkent qozisi muhammad sharifxo‘janing “sag‘irlar daftari” haqida qimmatli ma’lumotlar taqdim etildi.
Dars yakunida talabalar tomonidan mavzu bo‘yicha va milliy arxivlarda ish, tadqiqot olib borishga doir savollarga mutaxassis-amaliyotchi tomonidan atroflicha javoblar berib o‘tildi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish