2

Ajdodlarimiz merosi – kelajak poydevori

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi katta o‘qituvchisi O‘ktam Jiyanov tomonidan “Turizm (ziyorat turizmi)” 2-kurs talabalari uchun “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui va Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. 

“Free guide” to‘garagi doirasida tahkil etilgan ekskursiya davomida talabalarga majmuaning tarixi, uning bugungi kundagi mazmun-mohiyati, qatag‘on qurbonlari haqida ma’lumotlar berildi. 

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga tashrif davomida muzeyning ilmiy xodimlarining majmuada joylashgan har bir eksponat va ular bilan bog‘liq tarixiy ma’lumotlari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish