52

Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.

Kengash majlisini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov olib bordi.

Muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida ta’lim muassasasi zimmasidagi muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusidagi reja-vazifalar belgilab olinadi.

Akademiya rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov majlisni ochib berarkan, amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish muhim ekanini qayd etdi.

Dastlab Kengash majlisida Akademiyaning bir guruh professor-o‘qituvchilariga ilmiy darajalari berilgan diplomlar topshirildi. Xususan:

“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Ne’matulla Muhamedovga “Islom tarixi va manbashunosligi” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoni;

“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsenti Ne’matulla Nasrullayevga “Islom tarixi va manbashunosligi” ixtisosligi bo‘yicha tarix fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi diplomlari topshirildi.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi nomidan barcha mukofotlanganlarni mazkur yutuqlari bilan muborakbod etib, ularning kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Shundan so‘ng dastlab Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov hamda kafedra mudirlari Magistratura bo‘limi faoliyati va magistrlik dissertatsiyasi tayyorgarligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Akademiya talabalarining malakaviy amaliyoti natijalari hamda 2023/2024-o‘quv yilida Akademiyani bitirgan yosh mutaxassislarni ishga joylashish monitoringi natijalari to‘g‘risida fakultet dekanlari tomonidan axborotlar berildi.

Yig‘ilishda Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev va kafedra mudirlari Iqtidorli o‘quvchilar hamda xorijiy fuqarolarni Akademiyada ta’lim olishga keng jalb qilish, jumladan, PR-loyihalar borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Bundan tashqari, Akademiyada 2024/2025-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazilishi to‘g‘risida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyevning hisoboti tinglandi.  

Shundan so‘ng Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov 2024/2025-o‘quv yilida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Akademiyada boshlang‘ich tashkiloti faoliyati samaradorligi va istiqboldagi rejalar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Xotin-qizlar bo‘limi uslubchisi Nilufar Alibayevaning O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi faoliyati haqida to‘xtaldi.

Kengash majlisida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomovning Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan monografiyalar hamda Akademiya tadqiqotchilarining dissertatsiya mavzulari xususidagi hisoboti tinglandi. 

Shuningdek, Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etish uchun tavsiya etish xususida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor   Zokirjon Ro‘ziyev ma’lumot berdi. 

Kengashda sohadagi shu kabi yutuqlar e’tirof etilgan holda, diniy-ma’rifiy sohada bajarilishi zarur bo‘lgan galdagi vazifalar va mavjud muammolar ham tahlil qilindi. 

Yig‘ilish yakunida muhim vazifalar belgilab olindi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish