1

Maʼnaviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak

Avval xabar berganimizdek, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan “Maʼnaviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalish boʻyicha onlayn oʻquv seminarlari oʻtkazilmoqda.

“Maʼrifat soati” doirasida 32 soatga moʻljallangan mazkur o‘quvlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sport vazirligi, Transport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya Qoʻmitasi, “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul xodimlari ishtirok etmoqda.

Seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ham o‘z ma’ruzasi bilan qatnashmoqda. 

Bugun Akademiya rektori tinglovchilar uchun “Radikalizmning namoyon bo‘lishi, oqibatlari va oldini olish yo‘llari” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada radikalizmning shakllanishiga sabab boʻluvchi omillar, ularni bartaraf etish yo‘llari haqida so‘z yuritildi.

Bugungi shiddatli zamonda radikalizm, ekstremizm va terrorizm kabi g‘oyalarga qarshi kurashda aholi orasida sog‘lom immunitet hosil qilish lozimligi ta’kidlandi.

Izoh qoldirish