1

Akademiya rektori ilmiy-amaliy o‘quv seminarda ma’ruza qildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Din ishlari boyicha qo‘mita hamkorligida “Qadriyatlar. Global olam. Ijtimoiy muammolar” mavzusida ilmiy-amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilning 20-21-noyabr kunlari davomida o‘tkaziladigan seminarda xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida turli salbiy oqibatlarning oldini olishga qaratilgan. 

Seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov “O‘zbekistonda davlat va din munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida ma’ruzasi bilan qatnashdi.

Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Matluba Qahhorova, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon Ishmatbekov, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi maslahatchisi Dilbar G‘ulomova, vazirlik va idoralar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Akademiya rektori o‘z ma’ruzasida O‘zbekistonda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarning belgilanishida asosiy e’tibor qaratilgan masalalar, fuqarolarning vijdon erkinligi bilan bog‘liq huquq va erkinliklarini kafolatlash, diniy tashkilotlarning qonun doirasidagi faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda jamiyatda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.

Ilmiy-amaliy o‘quv seminar ertaga ham o‘z ishini davom ettiradi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish