1

Akademiya rektori onlayn seminarda ma’ruza qildi

Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sport vazirligi, Transport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya Qoʻmitasi, “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul xodimlari uchun “Maʼnaviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalish boʻyicha oʻquv kursi oʻtkazildi.

“Maʼrifat soati” doirasida 32 soatga moʻljallangan o‘quvlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi.

Onlayn seminarda Akademiya rektori o‘z ma’ruzasida diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilgani, ayniqsa, bu borada 2021-yil 5-iyulda davlatimiz rahbari tomonidan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning imzolangani katta ahamiyatga ega voqelik bo‘lganini qayd etdi.

Mazkur tadbirlarni tashkil etishdan maqsad jamiyatda ezgu qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish, oila, mahalla, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish va sogʻlomlashtirishga oid faoliyatda qatnashish, “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida jamiyatda uzluksiz maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etishga qaratilgan.

Izoh qoldirish