2

“Jaholatga qarshi – maʼrifat” bosh g‘oyamizdir

Muqaddas islom dini odob-axloq, mehr-muhabbat va insonparvarlik kabi pok g‘oyalarni targ‘ib etadi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida dunyoda sodir bo‘layotgan turli nizolar, g‘oyaviy xurujlar har birimizni ogohlikka undashi zarur.

Buning oldini olish maqsadida yurtimiz bo‘ylab “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Sirdaryo viloyati Oq oltin tumani “Ko‘rkam diyor” MFYda o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

Akademiya prorektori targ‘ibot tadbiri davomida yurtimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik va yosh avlodni turli yot oqimlar taʼsiriga tushib qolishini oldini olish, ekstremizm, terrorizm va missionerlikning asl koʻrinishlari hamda Vatanga muhabbat, tinchlikni qadriga yetish va shukronalik hissini uygʻotish kabi mavzularda maʼruza qildi.

Uchrashuvda ishtirokchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollarga masʼullardan kerakli javoblar olishdi.

Izoh qoldirish