Bayrog‘imiz g‘urur va faxrimiz timsoli
Tarixdan maʼlumki, Vatan ramzlari doimo ulugʻ va muqaddas sanalgan. ayroq hamisha insonlarni yakdillikka, ulugʻ maqsad yoʻlida birlashishga chorlagan. Davlat ramzlari or-nomus, shon-sharaf belgisi sifatida eʼzozlangan. Zero, bayroq har bir xalq, millatning shonli oʻtmishi va buyuk kelajagi, asriy anʼana va urf-odatlarini oʻzida aks ettirgan.
Joriy yilda mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat suverenitetining ramzi bo‘lib tarixdan o‘rin egalladi.
Ayni paytda yurtimiz boʻylab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Sana munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham bayram tadbiri tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom prorektorlari, fakultet dekan va o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Bayram tadbirini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova kirish so‘zi bilan ochdi. Shundan so‘ng davlat madhiyamiz yangrab, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i moviy osmon sari ko‘tarildi. Har bir kishi qalbida Vatanga bo‘lgan muhabbat, milliy qadriyatlarni o‘zida aks etgan davlat ramzlariga bo‘lgan cheksiz hurmat mustaqil, ozod va obod, jannatmakon O‘zbekistonda yashayotgan barcha fuqarolarni bir maqsad sari birlashtirib, ko‘ksimizni faxr va iftixorga to‘ldiradi.
Tadbir davomida so‘z olganlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati, davlat bayrog‘ida aks etgan timsollar, ularning qanday ma’no anglatishi haqida ma’ruza qilindi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish