7

“Olam va odam, din va ilm” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Turli madaniyatga mansub aholi vakillari o‘zaro ahil-inoq yashab kelayotgan yurtimizda milliy va diniy bag‘rikenglik hukm surmoqda. Bag‘rikenglik turli millat va elatga daxldor kishilarning, turli xil diniy e’tiqodli insonlarning bir zamin, yagona Vatan, bir yurtda, bir hududda oliyjanob g‘oya, orzu-umid, maqsad va niyatlar yo‘lida hamkor, hamfikr va hamjihat bo‘lib yashashni anglatadi.

Shu maqsadda bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Olam va odam, din va ilm” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi Mo‘minmirzo Abdupattayev ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. Akademiya vakili yurtimizda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylash, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berish, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga alohida e'tibor qaratilayotgani haqida so‘z yuritdi.

Yakunda talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish