9

Akademiya vakillari “Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor” nomli fotokoʻrgazmada qatnashdi

BMT Bosh assambleyasining qaroriga koʻra, 1997-yildan buyon 16-noyabr har yili butun dunyoda “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Bu sanani Oʻzbekistonda nishonlash ham yaxshi anʼanaga aylangan. Bu yili ham xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab 11-16-noyabr kunlari yurtimizda “Bagʻrikenglik haftaligi” oʻtkazilmoqda.

Bugun haftalik doirasida Toshkent fotosuratlar uyida “Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor” nomli fotokoʻrgazma tashkil etildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi, Toshkent fotosuratlar uyi hamda doʻstlik jamiyatlari rahbarlari va faollari, OAV vakillari bilan bir qatorda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talabalari ham ishtirok etdi.

Hamjihatlik, do‘stlik, bag‘rikenglikni tarannum etuvchi 60 dan ortiq fotosuratlar ko‘rgazma maydonidan joy egalladi.

Ko‘rgazma 16-noyabr kuniga qadar davom etadi.

Izoh qoldirish