2

Akademiya mas’ullari tomonidan umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun tanishtiruv tadbirlari o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Kengashining “Iqtidorli o‘quvchilar hamda xorijiy fuqarolarni Akademiyada ta’lim olishga keng jalb qilish, jumladan, PR-loyihalar (Akademiyada ochiq eshiklar kunlarini tashkil qilish, taqdimotlar o‘tkazish, ijtimoiy tarmoqlarda yoritish va boshqalar) borasida olib borilayotgan ishlar” yuzasidan Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi xodimlari poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 22-, 119-, 146-umumta’lim maktablari hamda tumandagi ixtisoslashgan maktabida bo‘ldilar. 

Tashrif davomida maktablarning yuqori sinf o‘quvchilariga Akademiyaning ta’lim yo‘nalishlari, ta’limni keyingi bosqichidagi magistratura mutaxassisliklari hamda Akademiya bitiruvchilarining yutuqlari haqida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif etildi. 

Yakunda maktab mas’ullari bilan kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik rejalari kelishib olindi.

Izoh qoldirish