16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 1995-yilni “Bag‘rikenglikni ta’minlash bo‘yicha BMT yili” deb e’lon qildi va ushbu sana bilan aloqador tadbirlarni tashkil etish uchun UNESCO yetakchi tashkilot etib belgilandi.
1995-yil 25-oktabrdan 16-noyabrga qadar Parijda tashkil qilingan UNESCO Bosh konferensiyasi 28-sessiyasida UNESCO Konstitutsiyasi imzolanganining 50 yilligi munosabati bilan hamda butun dunyo bo‘ylab bag‘rikenglik masalasiga e’tiborni qaratish maqsadida “Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” e'lon qilindi va shu yilning 16-noyabr kuni a’zo davlatlar tomonidan mazkur deklaratsiya qabul qilindi.
“Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” 6 moddadan iborat bo‘lib, ularda “bag‘rikenglik” tushunchasiga ta’rif, bag‘rikenglikni ta’minlashda davlatning roli, bag‘rikenglik g‘oyalariga nisbatan ijtimoiy ehtiyoj, bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirishda ta’lim muassasalari ishtiroki, deklaratsiya maqsadlarini amalga oshirishda hamkorlik ahamiyati va “Xalqaro bag‘rikenglik kuni”ni nishonlash haqida ma’lumotlar aks etgan.
Deklaratsiyani qabul qilishdan ko‘zlangan maqsadlar orasida “bag‘rikenglik tamoyilini hayotga tatbiq qilish orqali kelgusi avlodlarni urush balosidan qutqarish, inson qadr-qimmati va asosiy huquqlarini ta’minlashga nisbatan ishonchni mustahkamlash va yaxshi qo‘shnichilik asosida tinch-totuv yashash” kabi umumbashariy istak va qadriyatlar o‘rin olgan.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish