18

Sport – salomatlik garovi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sport tadbirlari tashkil etildi.

Akademiya boshlang‘ich Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan sportning mini futbol, shaxmat-shashka, stol tennis, voleybol hamda oilaviy spartakida bahslari o‘tkazildi.

Bellashuvlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Akademiya kasaba uyushmasi raisi Ashirali Abdirashidov ochib berishdi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan keyingi yillarda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yana-da rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, aholining turli qatlamlari, xususan, yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish tobora kuchayib borayotgani ta’kidlandi. Ishtirokchilarga bo‘lajak bahslar oldidan muvaffaqiyat tilandi.

Mazkur bellashuvlar Akademiyada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, salomatligini mustahkamlash, shuningdek, ular o‘rtasida jamoaviy va do‘stona muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Futbol bellashuvlarida 8 ta jamoa g‘liblik uchun bahs olib bordi. Yakunda 3-o‘rinni Islomshunoslik fakulteti, 2-o‘rinni esa Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti jamoasi qo‘lga kiritdi. G‘oliblik Akademiya rektorati jamoasiga nasib etdi. 

G‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Izoh qoldirish