11

“Yashil makon” umummilliy loyihasi Akademiyada ham yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni asosida mamlakatimizda ekologik vaziyatni yanada yaxshilash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Xabar berganimizdek, bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida umumrespublika marafoniga start berildi.

Nukus shahrida ajratilgan yer maydonida “Ziyolilar bogʻi”da koʻchat ekish tadbiri oʻtkazildi.

Mazkur tadbirga yurtimiz oliy taʼlim muassasalari ZOOM platformasi orqali onlayn ulanib, bir vaqtda har bir oliy taʼlim dargohi oʻz hududiga daraxt koʻchatlarini oʻtqazdilar.

Jumladan, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida mazkur xayrli tadbir yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Akademiya hududida joylashgan ziyoratgohlar – Shayx Hovandi Tohur, To‘labiy yodgorligi yer maydoniga 50 dan ortiq daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Izoh qoldirish