12

Jahon sammitida O‘zbekiston tajribasi yuqori baholandi

E’tirof

Bugun butun dunyo koʻzda qalqqan bir tomchi achchiq yosh singari ulkan muammolar girdobida qolib ketyapti. Agar koʻzni yumsa, yoshdan ayrilishi, yummasa, achchiq va shoʻr ashk koʻzni achitgani singari iqlim oʻzgarishlari ham global muammo sifatida barchani birdek bezovta qilyapti. Hozir jahon hamjamiyati iqlim oʻzgarishini insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri deb tan olmoqda. Ayni davrda bu global muammo oqibatida insoniyat xoʻjalik faoliyatining barcha qirralari, xususan, qishloq xoʻjaligidan tortib, energetika, transport harakati, zamonaviy nanotexnologiyalardan foydalanish va boshqa sohalarda zudlik bilan hal etilishi shart boʻlgan masalalarni kun tartibiga qoʻymoqda. 

Boz ustiga, qitʼalar va yirik-yirik davlatlar misolida suv toshqinlari, boʻronlar, oʻrmon yongʻini, choʻllanish jarayonlari kuchayishi, zilzila kabi tahdidlar chindan-da dunyo afkor ommasini jiddiy oʻylashga majbur qilmoqda. Shu maqsadda joriy yilning 5-6-noyabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida BMTning iqlim oʻzgarishi konferensiyasi (UNFCCC COP29) doirasida Jahon diniy yetakchilari global sammiti boʻlib oʻtdi. 

Mazkur nufuzli tadbirda hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, taniqli diniy yetakchilar, olimlar va ekspertlarning 300 ga yaqin vakili qatorida yurtimizdan Oʻzbekiston Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Kamilov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazar, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Davronbek Maxsudov ishtirok etdi.

Lutfulla Suvonov,

“Yangi O‘zbekiston” muxbiri

“Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 2024-yil 9-noyabr, 228-son
 

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish