“Jomi’ ahkom as-sig‘or” asari haqida
Zohidullo Munavvarov, siyosiy fanlar doktori, professor:
– Bola huquqlariga doir “Jomi’ ahkom as-sig‘or” jahon sivilizatsiyasi tarixidagi benazir asarlardandir. U voyaga yetmagan bolalar huquqi bo‘yicha fiqhiy qo‘llanma bo‘lib, asrlar davomida amalda bo‘lib kelgan va musulmon dunyosi bo‘ylab keng tarqalgan. Musulmon olamida Imom Ustrushaniydan oldin ham, keyin ham bolalar huquqlariga taalluqli bunday mukammal fiqhiy asar yozilmagan. Mazkur asar XIX asr boshida Yevropada paydo bo‘lgan ilk huquqiy to‘plam – Fransuz fuqarolik kodeksidan olti asr avval dunyo yuzini ko‘rgan. Mazkur kodeksda bola huquqlariga oid muammolar atigi 5 ta moddadan iborat bo‘lsa, Ustrushaniy asarida bolaning ona qornida shakllanishi davridan boshlab, balog‘at yoshiga yetguniga qadar bo‘lgan huquqlari 1300 ga yaqin fatvolar shaklida 45 yo‘nalishga bo‘linib tavsif etilgan. Fatvolarda ko‘tarilgan muammolar va ularning yechimi bugun ham o‘zining dolzarbligini saqlab qolayotgani e’tiborlidir.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish