12

Akademiyada dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlarni radikalizm va ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili!” mavzusida davra suhbati о‘tkazildii. 

“Ma’rifat soati” doirasida tashkil etilgan tadbirda Akademiya profilaktika inspektori Muhriddin Hikmatov, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi  dotsenti M.Ismoilov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Ssayyora Chiniyeva, tyutor Nigina Ruzimova va “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” yo‘nalishi 3-kurs talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirda yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari lozimligi qayd etildi.

Davra suhbati yakunida talabalar radikalizm va ekstremizmga qarshi kurashish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish