1

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xotin-qizlar kengashi faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi "Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 316-son buyrug‘ining ijrosi yuzasidan Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyatini o'rganish maqsadida Respublika Xotin-qizlar kengashi ishchi guruhi tashrif buyurdi

Dastlab Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov, Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Rahmatilla Gaipnazarov, Xotin-qizlar bo‘limi uslubchisi Nilufar Alibayeva hamda ishchi guruh a’zosi Gulxayo Xolmatova o‘rtasida samimiy muloqot o‘tkazildi. Akademiya rektori muassasada talaba qizlar uchun yaratilgan sharoitlarga to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng ishchi guruh a’zolari talabalar turar joyida yashayotgan talaba-qizlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan imkoniyatlar, “Lider qizlar”, “Qizlarjon” klublari, to‘garaklar faoliyati, kutubxona va darsxonalardagi qulayliklarni batafsil o‘rgandi.

Talaba qizlar odob-axloqi bilan shug‘ullanish, ulardagi muammolarni hal qilishda Akademiya xotin-qizlar kengashi faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yilgani e’tirof etildi.

Izoh qoldirish