350

Akademiya doktoranti taqdirlandi

Xabaringiz bor, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda qator tashkilotlar tomonidan “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli yilning eng yaxshi maqolasi tanlovi o‘tkazilgani haqida ma’lumot bergandik. Mazkur tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi doktoranti Lola Azimova muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, g‘oliblar qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi doktoranti Lola Azimova tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish