Mustaqil O‘zbekiston: tarix, istiqlol va yangi ufqlar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri G‘ayrat Rasulov boshchiligidagi “Xalqaro munosabatlar” ta’lim yo‘nalishi talabalari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida bo‘ldilar.
Mazkur tashrif “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan mavzu mazmunini talabalarga yetkazib berish maqsadida ochiq dars mashg‘uloti tarzida tashkil etildi.
Sayyor dars davomida talabalarga mustaqil O‘zbekiston Respublikasi tashkil topishining tarixiy ahamiyati majmuadagi fotosuratlar, hujjatlar va smart ekranlardagi videoroliklar orqali tushuntirib berildi. Shuningdek, talabalar majmuaga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga tegishli kolleksiya va turli eksponatlar bilan tanishishdi. Majmua tarixi va bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr bildirildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Islom Karimov 1938-yil 30-yanvar sanasida tavallud topgan bo‘lib, mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan to umrining so‘nggigacha, ya’ni 2016-yilda qadar boshqarib kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi tegishli qarori asosida Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish va merosini har tomonlama o‘rganish maqsadida tuzilgan.
Sayyor seminar savol-javob shaklida va qiziqarli fikr-mulohazalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish