29

Akademiyada dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlarni radikalizm va ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Islomshunoslik fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda fakulteti dekani Jahongir Tohirov, dekan o‘rinbosari Ramziddin Isoqjonov, “Islomshunoslik va islom sivilazatsiyasini o’rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti v.b. Nigora Xakimova, “Ijtimoy fanlar va huquq” kafedtasi dotsenti v.b. Saidafzal Saidjalolov, tyutor Umida Xasanova hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, komil inson bo‘lib voyaga yetishida bu kabi tadbirlarning ahamiyati katta ekani qayd etildi.

Tadbir yakunida talabalar radikalizm va ekstremizmga qarshi kurashish yo‘llari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Dec
06
Yoshlar bilan ishlash
Konstitutsiya – baxtimiz qomusi
14:29
Dec
05

Izoh qoldirish