48

Akademik litsey va Akademiya: bir tizim, ikki bosqich

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi akademik litseyda ta’lim faoliyatining tashkil etilishi, boshqarish tizimining samaradorligi, yaratilgan sharoitlar, qo‘llanilayotgan ta’lim-tarbiya usullarining ta’sirchanligini muntazam ravishda o‘rganib borish va baho berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugun Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov mazkur muassasada bo‘ldi.

Akademiya rektori Xodimlar bo‘limi, psixolog, Buxgalteriya, Kasaba uyushmasi, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari va boshqa mas’ullar bilan suhbatlashib,  ta’lim muassasida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, akademik litseyga ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish, o‘quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, ta’lim sifatini tubdan yaxshilash, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish maqsadida Akademiyaning tegishli kafedralari bilan hamkorlikni kuchaytirish vazifalari belgilandi.

Akademiya rektori kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan unifikatsiya qilingan fanlar bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib borishda, ilg‘or o‘qitish uslublarini akademik litsey ta’lim jarayoniga mos ravishda tatbiq etish hamda mahorat darslarini o‘tkazish, litsey o‘quvchilari va o‘qituvchilari o‘rtasida tanlovlar o‘tkazish, o‘quvchilarning ilm-fan, innovatsion va ratsionalizatorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratishni ta’kidladi.
 

Izoh qoldirish