50

O‘quvchilar bilimi – ta’lim sifatining muhim ko‘rsatkichi

Akademiya rektori akademik litseyga tashrifi davomida auditoriyalarda o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan muloqot qildi. 

Akademiya rektori litseyda “Arab tili”, “Ingliz tili”, “Matematika”, “Rus tili”, “O‘zbekiston tarixi” va “Informatika” dars mashg‘ulotlarida ta’lim sifati, o‘quvchilarning bilimi va davomat holatini o‘rgandi.   

Shuningdek, rektor yoshlarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida Akademik litsey o‘quvchilari bilan suhbatlashdi.

O‘quvchilarga respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanish, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, xorijiy til va sohaga oid fanlarni puxta o‘zlashtirish, oliy ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va maqsadli tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berdi. 

Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, bugungi kunda akademik litseyda 280 nafar o‘quvchiga 28 nafar asosiy shtatdagi malakali pedagog o‘qituvchi saboq berib kelmoqda.

Darslar bir smenada tashkil etilgan bo‘lib, davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim berib kelinmoqda. O‘quv auditoriyalari zamonaviy interaktiv doskalar, monobloklar, yangi mebellar bilan jihozlangan.

O‘rganish davomida turli to‘garaklar faoliyati, axborot-resurs markazidagi kitoblar bazasi holati tahlil etildi. Kelgusida litseyda oʻquv jarayoni sifati va samaradorligi yanada oshirilishi qayd qilindi.

Izoh qoldirish