Vijdon erkinligi – har bir jamiyat erkinligining ko‘zgusidir
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan “Vijdon erkinligi – har bir jamiyat erkinligining ko‘zgusidir” mavzusida konferensiya o‘tkazildi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Adliya vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom instituti, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan konfessiyalar, “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti vakillari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi Shuhrat Bafayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi Tursinoy Muratova “Diniy-ma’rifiy sohadagi ezgu tashabbuslar va ulkan islohotlar millatlararo totuvlikning mustahkam poydevori”, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Avazbek Madaminov “Vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish”, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Diniy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Bobomurod Rustamov “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida diniy ta’lim masalalari”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Feruz Rashidov “Vijdon erkinligining xalqaro va milliy huquqiy asoslari” kabi mavzularda ma’ruza qilishdi.
Anjuman davomida so‘zga chiqqanlar vijdon erkinligini ta’minlash bugungi kunda yurtimizdagi eng ustuvor vazifalardan biri ekanligini, yangi qonun bu boradagi islohotlarning muhim tayanchi ekanligini qayd etishdi.
Tadbir yakunida mavzu yuzasidan o‘zaro savol-javob o‘tkazildi. Qizg‘in davom etgan konferensiya uchun mutasaddilarga minnatdorlik bildirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Izoh qoldirish