19

Ma’rifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi

Bugungi globallashuv davrida dunyoda sodir bo‘layotgan turli taloto‘plar, nizolar, g‘oyaviy xurujlar har birimizni har daqiqa ogohlikka undashi zarur. Buning oldini olish maqsadida joylarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. 

Ana shunday tadbirlardan biri Qo‘qon shahrida o‘tkazildi. Qo‘qon davlat pedagogika instituti hamda 46-umumta’lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi o‘qituvchisi Jasurbek Abduqodirov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

Davra suhbatida Akademiya o‘qituvchisi Jasurbek Abduqodirov bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etayotganini e’tirof etdi.

Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, yoshlar orasida turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib ketish holatlari, diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish, dinlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat kabi masalalar haqida so‘z yuritildi.

Bugungi kunda radikallashuv jarayonlariga qarshi kurashning eng samarali yo‘li – bu “jaholatga qarshi ma’rifat” asosida kurash uslubi ekani qayd etildi.

Yakunda talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish