Akademiya rektori I xalqaro xalq diplomatlari kongressida ishtirok etdi
Bugun poytaxtimizdagi Hotel Uzbekistan mehmonxonasida “Oʻzbekiston xalq diplomatiyasi: tarix, bugun va kelajak” mavzusida I xalqaro xalq diplomatlari kongressi oʻtkazildi.
Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlk tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov, SHHTga aʼzo mamlakatlardan hamkor tashkilotlar vakillari, Oliy Majlis deputatlari, vazirliklar, idoralar, Toshkentdagi diplomatik korpus va milliy madaniy markazlar vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda keyingi yillarda xalq diplomatiyasi borasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlarni sarhisob qilinib, yangi hamkorlik yoʻnalishlari va istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, kongress davomida Toshkent kimyo-texnologiya institutida “SHHT makonida kreativ iqtisodiyot: tajriba va oʻzaro hamkorlik aloqalari” xalqaro seminari hamda yosh olimlar oʻrtasida oʻtkazilgan startap loyihalari tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish