54

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik toʻgʻrisida xabar berganlar ragʻbatlantiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabr kuni eʼlon qilingan “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori bilan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlangan.

Nizomga koʻra, oʻzlariga nisbatan pora talab qilgan shaxs yoki oʻzlariga maʼlum boʻlgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlar (Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti)ga bergan xabari asosida bunday huquqbuzarlik fosh etilsa, korrupsiyaga oid jinoyatni sodir etgani uchun qidiruvda boʻlgan shaxs toʻgʻrisida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berilgan xabar asosida qidiruvdagi shaxs ushlansa (huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari bundan mustasno) korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslar bir martalik pul mukofoti, tashakkurnoma yoki esdalik sovgʻa shakllarida ragʻbatlantiriladi.

Aynan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslar, ularning oila aʼzolari va yaqin qarindoshlarining huquqlari qonun hujjatlariga muvofiq himoya qilinadi.

Izoh qoldirish