149

Akademiyada “Mushoira” klubi tomonidan tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Mushoira” klubining ilk davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda akademiya ustozlari, klub a’zolari va mehmonlar ishtirok etdilar.

Dastlab, loyiha rahbari Lola Azimova talabalarni “Mushoira” klubining maqsadi, vazifalari va faoliyati bilan tanishtirib o‘tdi.

Tadbir davomida ijodkor talabalar o‘z she’rlari va hikoyalari hamda ifodali o‘qishlari bilan barchani bahramand etdilar.

Klub a’zolari orasidan loyiha koordinatori etib Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Moxlaroyim Quqonboyeva tanlab olindi.

Shuningdek, “Mushoira" klubini kelajakdagi istiqbolli rejalari belgilab olindi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish