21

Yoshlarning porloq kelajagi uchun ovoz berdim

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlar Andijon viloyatining barcha tuman va shaharlarida qizg‘in davom etmoqda. Andijonliklar saylovda ko‘tarinki kayfiyat va faollik bilan ishtirok etmoqda. Saylovlar jarayonini kuzatib, ayrim yurtdoshlarimizning saylovdagi ishtiroki va saylovlar xususidagi fikr-mulohazalari bilan tanishdik.

Husniyabonu Jonibekova, 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistri,  Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori:  

–  Men Xo‘jaobod tumanidagi o‘zim yashaydigan “Gara Guri” mahalla fuqarolar yig‘ini idorasida joylashgan 752-saylov uchastkasiga kelib, o‘zim munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdim. Saylov uchastkasida saylovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.   

Mamlakatimizda yoshlarning o‘z iqtidor va salohiyatlarini to‘laqonli namoyon etishlari, yaratib berilgan keng imkoniyatlar samarasi o‘laroq, yoshlarimiz yuksak natijalarni qo‘lga kiritmoqda.   

Shaxsan men ham ko‘plab yutuqlarga erishdim. Joriy yilning o‘zida “Yilning eng yaxshi mahalla yoshlari yetakchisi” tanlovi g‘olibi, shuningdek, jamoatchilik yo‘nalishida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘ldim.  

Andijon davlat universitetini tamomlab, bir necha yil Xo‘jaobod tumanidagi Gara Guri mahallasida Yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat olib bordim. Bu yil esa O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasiga o‘qishga kirdim.   

Ishonamanki, O‘zbekiston yoshlari kelgusida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritadi. Chunki yurtboshimiz, bo‘lajak deputatlar ularni hamisha qo‘llab-quvvatlab turadi.   

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish