Madaniy meros haftaligi yakunlandi
Xabaringiz bor, Toshkentda joriy yilning 18-27-oktabr kunlari “Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” mavzusida madaniy meros haftaligi o‘tkazildi.
Haftalik doirasida turli konferensiyalar, seminarlar, forumlar, koʻrgazmalar va taqdimotlar tashkil etilib, ularda 100 dan ortiq xorijiy olim va mutaxassislar, jumladan, xalqaro madaniy tashkilotlar rahbarlari, chet el muzey va kutubxonalari boshqaruvchilari qatnashdi.
Xususan, Madaniy meros haftaligida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ham faol ishtirok etdi.
Toshkentda Madaniy meros haftaligini oʻtkazishning asosiy maqsadi xalqaro muloqot va oʻzaro bilim almashishni mustahkamlash, chet ellik hamkorlar bilan yangi qoʻshma loyihalarni tasdiqlashdan iborat boʻlib, bular mamlakat madaniy merosini saqlash, oʻrganish va ommalashtirish uchun yoʻnaltirilgan.
Anjuman davomida soha olimlari, ilmiy tadqiqotchilar tomonidan turli mavzularda ma'ruzalar tinglandi. Ilm-fan rivoji yo‘lidagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi. Yakunda kelgusidagi rejalar belgilab olindi. Bir soʻz bilan aytganda, davlatimiz rahbari tashabbusi asosida tashkil etilgan mazkur haftalik ilm-fan namoyandalarini yagona maqsad atrofida birlashtirdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish