Akademiya vakillari taniqli ijodkor Yayra Sa’dullayeva xonadonida bo‘ldilar
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi professor-oʻqituvchilari Habibullo Sagdiyev, Muhabbatxon Agzamova, Nigora Xakimova hamda Nilufar Toʻychiyeva “Gulxan” va “Gʻuncha” jurnallarida qariyb ellik yil davomida bosh muharrir lavozimida ishlagan jurnalist Yayra Sa’dullayeva xonadoniga tashrif buyurdilar.
Yayra Sa’dullayeva Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni, 2-darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan.
Yayra Sa’dullayeva mehnat faoliyatini 1958-yilda “Yosh leninchi” gazetasida boshlagan. 1959-1960-yillarda Yoshlar Ittifoqi Markaziy qoʻmitasi matbuot kotibi, 1961-1963-yillarda “Yosh leninchi” gazetasida muharrir oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
1964-1972-yillarda “Gulxan” jurnali bosh muharriri sifatida yoshlar tarbiyasiga hissa qoʻshish bilan birga, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish, qoʻllab-quvvatlash borasida ham faol mehnat qildi. 1972-yildan 1997-yilgacha “Gʻuncha” jurnali bosh muharriri boʻlib, bu boradagi faoliyatini davom ettirgan.
Yayra Sa’dullayeva bolalar hayoti va tarbiyasiga bagʻishlangan “Yaltiroq halqacha”, “Kulchatoy qochib ketdi”, “Tanlab olgan novvotim”, “Koʻchamizning bolalari” va “Berkinmachoq” singari kitoblar muallifi sanaladi.
Samimiy suhbat davomida Akademiya vakillari bolalik xotiralari aynan “G‘uncha”, “Gulxan” jurnallarini mutolaa qilish bilan o‘tganini ta’kidlashdi.
O‘z navbatida Yayra Sa’dullayeva tashrif uchun minnatdorlik bildirdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish