9

Akademiyada siyosiy bilimlarni oshirish darslari davom etmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida haftaning har shanba kuni an’anaviy tarzda siyosiy bilimlarni oshirish darslari o‘tkaziladi.

Mazkur darslar Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarining dunyoqarashini yanada kengaytirish, yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlar va yangiliklarga daxldorlik hissini kuchaytirish, mamlakatimizda bo‘layotgan keng ko‘lamli bunyodkorliklar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan bugun “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti Nuriddin Qolqanov hamda katta o‘qituvchi Jahongir Akramov tomonidan hafta davomidagi xalqaro va milliy siyosiy makondagi voqealar dayjesti haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdilar.

Dayjestda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozon shahrida o‘tkazilgan “BRIKS plyus” sammitining yalpi majlisidagi ishtiroki haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, tashrif doirasida Prezidentimizning Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, “BRIKS plyus” birlashmasining Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef, “Sberbank” prezidenti va boshqaruvi raisi German Gref, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin hamda Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan o‘tkazgan oliy darajadagi uchrashuvlari haqida ma’lumot berildi.

Sammitda davlatimiz rahbari Tatariston Respublikasining davlat mukofoti – “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangani alohida ta’kidlandi.

Bundan tashqari, dayjestda Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoʻngʻirot – Beyneu avtomobil yoʻlining yangidan qurilgan 240 kilometr qismini hamda Bobur koʻchasidagi Toshkent xalqaro aeroportiga eltuvchi yoʻl oʻtkazgichni foydalanishga topshirish marosimidagi ishtiroki haqida maʼlumot berildi.

Xorijiy yangiliklarda Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat, AQShdagi prezidentlik saylovlari haqida so‘z yuritildi.

Mazkur tadbir Akademiya professor-o‘qituvchilarining siyosiy bilimlarini yanada oshirishga xizmat qildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish